“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin
Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan
Tanlovda aniq bir g‘oya va loyihalari bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Yo‘nalishlar va sohalar chegaralanmagan (Misol uchun: IT texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, muhandislik, tibbiyot va boshqalar).
Tanlovning tuman bosqichida qatnashish uchun IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi kerak
Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yo‘llanma oladi
Aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzodlar navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi
May oyida o‘tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar yosh tanlovning Respublika bosqichi g‘olibi deb topiladi
O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.
IQ test sinovi 25 ta savoldan iborat. Har bir to'g'ri javob uchun 8 balldan beriladi. IQ test sinovlaridan o'tish uchun 110 balldan yuqori natijaga erishish talab etiladi.
Telegram kanalda Jamg'arma faoliyati va barcha tanlovlar haqida xabar berib boriladi.
A'zo bo'ling




